Abdijamil Nurpeisov

Abdijamil Nurpeisov

Tavalludi
22-oktabr 1924
Vafoti
5-fevral 2022

Nurpeisov Abdijamil Karimovich (1924, Orolbo‘yi, Ushqon qishlog‘i) – Qozog‘iston xalq yozuvchisi (1985). 2-jahon urushi qatnashchisi. M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tugatgan (1953). «Juldiz» jurnali bosh muharriri (1954) bo‘lgan.
Birinchi romani – «Kurlandiya»da urushning so‘nggi kunlari tasvir etilib, Vatan himoyachilari obrazi yaratilgan. Nurpeisov «Kutilgan kun» (1957), «Oqshom» (1960), «Sarsonlik-sargardonlik» (1970) romanlari muallifi. So‘nggi uch roman keyinchalik «Qon va ter» trilogiyasini tashkil etib (1974), ko‘plab tillarga tarjima etilgan.
Nurpeisovning ocherk, esse va tanqidiy maqolalari «O‘ylar» (1974) kitobidan o‘rin olgan. Nurpeisov A. P. Chexov, A. M. Gorkiy hikoyalari, ispan dramaturgi A. Kessoning «Daraxtlar tik turib o‘ladi» va Nozim Hikmatning «Ko‘k podsho» asarlarini qozoq tiliga tarjima qilgan.
Jambul nomidagi Qozog‘iston Davlat mukofoti laureati (1947).

Kitoblar (2)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Qon va ter: Trilogiy... Abdijamil Nurpeisov
Qon va ter: Trilogiya. 1-kitob: Zulmat

5.0 (1)
Qon va ter: Trilogiy... Abdijamil Nurpeisov
Qon va ter: Trilogiya. 3-kitob: Halokat: Roman

3.0 (2)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo bo‘lsa, biz bilan bogʻlaning.