Doniyor Hoshimovning "Aksolotl" asariga taqrizi
Kortasar hikoyalari Akademnashrning akademnasr to'plamiga kiritilganda avvaliga buni sababini tushunmagandim. Adashmasam, to'plamdagi ilk hikoya aynan Aksolotl edi. Shaxsiyatning evrilishi haqidagi qisqa hikoya. Bir martta o'qish orqali tushunish imkonsiz bo'lsa kerak. 'Men kimman?' savoliga o'ziga xos rakursdan javob beruvchi asarlar ruknidan.
Bu hikoyani Kafkani metamarfoziga o'xshatishadi menimcha bu yerda asosan mistik kayfiyat, sirlilik birlamchi o'rinda, shu jihatdan men akvarium qarshisidagi 'ODAM'ni Gregor Zamzaga o'xshatolmadim. Syurreal adabiyotda Borxesga biroz bo'lsada yaqinlasha olgan yozuvchi faqatgina Kortasar bo'lsa kerak. Kortasarni o'qish kerak.