Bahodir Mahmudning "Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi" asariga taqrizi
#MenOʻqiganKitob
💸 Charlz Uilan. Yalong'och iqtisodiyot (2002)
📁 Janr: Ilmiy-ommabop | Iqtisodiyot
⭐️ Shaxsiy ball: 7.5/10
Kitob shunchaki iqtisodiyot nima va uning qanday ishlashi haqida. Kitob bizga nima uchun brendlarning belgilab qoʻygan narxiga istalgan summani toʻlashga tayyormiz-u, lekin nobrend boʻlgan tovarlar narxi koʻtarilganda jahlimiz chiqishini sodda tilda tushuntirib bergan.
Shuningdek, kitobda ragʻbatlarning qay darajada muhim ekanligi, tashqi savdo va inflyatsiya qanday sodir boʻlishi, talab va taklif bozorlarining qanday ishlashini hayotiy misollar bilan koʻrsatib beradi.
Bir soʻz bilan aytganda, kitobga iqtisodiyot boʻyicha darslabki tushunchalarni paydo boʻlishida yordamchi boʻlishi mumkin boʻlgan qoʻllanma sifatida qarash mumkin.
Psixologiya, shaxsiy rivojlanish, biografiyaga doir boshqa kitoblar (https://t.me/BahodirMahmud/1321)
🎯 @BahodirMahmud