"Sarvqomat dilbarim"ga Bahodir Mahmuddan taqriz va iqtiboslar

Sarvqomat dilbarim

Chingiz Aytmatov

Reyting: 4.0

Baho: 1 ta Taqriz: 1 ta Iqtibos: 0 ta

Taqriz

22-noyabr, 2025

📖 Chingiz Aytmatov. "Sarvqomat dilbarim" (1961)

Yozuvchining muhabbat haqidagi yana bir ta'sirli qissasi. Yuk tashuvchi Ilyos kunlarning birida qishloq fermasida ishlaydigan yosh qiz Asalni ko'rib yoqtirib qoladi va uni qirg'iz an'analariga muvofiq olib qochib ketib uylanadi. Oradan bir muddat o'tib, ikki yosh Samad ismli o'g'illi bo'lishadi.

Oila to'kin-sochin bo'lmasa ham, baxtli hayot kechirmoqda edi. Toki Ilyos xiyonat ko'chasiga kirguniga qadar...

Asarni o'qir ekansiz, erkak kishi sifatida o'z baxtini qoldan boy bergan Ilyosga rahmingiz keladi. Ayol kishi sifatida esa Asalni oqlashingiz mumkin. Bu qissani ko'proq yangi turmush qurgan yigitlar o'qishi kerak deb hisoblayman. Foydali xulosalarga boy bo'lishi shubhasiz.

Katta ehtimol bilan atoqli yozuvchimiz O'tkir Hoshimov "Bahor qaytmaydi" qissasini yozishni Chingiz o'ganing ushbu qissasidan ilhomlangan. Chunki ikkala qissaning ham bir-biriga o'xshash jihatlari ko'p.

Quyida asar asosida suratga olingan filmlarni tavsiya qilaman.

📱 "Sarvqomat dilbarim".  (https://www.youtube.com/watch?v=wZCtjseBLso) Rejissor - Sarvar Karimov. O'zbek va qirg'iz kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan. Saundtreklar sifatida Akbarali Ochilov qo'shiqlaridan foydalanilgan. (2018)
📱 "Selvi boylum al yazmalım".   (https://www.youtube.com/watch?v=aDX9EwhZ8Xo)Rejissor - Atif Yilmaz. Turk kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan. Soundtreklari ajoyib chiqqan. (1977)

Ikkala film ham kitob asar kabi ta'sirli, tomoshabop chiqqan.

Iqtiboslar

Hozircha iqtiboslar yoʻq :(
Logo Logo © 2025 Mutolaa.uz