"Qiyomat"ga Bahodir Mahmuddan taqriz va iqtiboslar

Qiyomat

Chingiz Aytmatov

Reyting: 4.0

Baho: 1 ta Taqriz: 1 ta Iqtibos: 0 ta

Taqriz

14-may, 2025

#MenOʻqiganKitob

🐺 Chingiz Aytmatov. "Qiyomat" (1986)

⭐️ Shaxsiy: 7.5/10

Kitobda biror personaj bilan bog'liq baxtli yakunning o'zi yo'q. Balki shuning uchun ham aynan "Qiyomat" nomini olgandir.

Asarda aynan bir bosh qahramonlar yo'q. Lekin voqealarning barchasi bir juft erkak va urg'ochi bo'rilar 🐺 Akbara va Toshchaynar va ularning bolalari bilan bog'lanadi. Bo'rilar insonlardan qancha o'zlarini olib qochib, odamzoddan holi yashashga harakat qilsa, shuncha yuzma-yuz kelaveradi. Bolalari uchun kurashishga majbur bo'ladi. Asar oxirida esa inson tomonidan o'ldirilgan barcha bolalari hamda jufti uchun bitta qilib xun oladi.

Avdiy Kallistratov - asarning yana bir bosh qahramonlaridan biri. Asar davomida o'zi bilan ishlayotgan barcha yomon niyatli insonlarni (masalan giyohvand modda to'playdiganlarni) yomon yo'ldan imkon qadar qaytarishga harakat qiluvchi obraz.  Avdiy asar davomida go'yoki Iso Masih bilan bog'lanadi. Yakunda aynan o'sha insonlar tomonidan daraxtga osib o'ldiriladi. "Usta va Margarita (https://t.me/BahodirMahmud/5)" asari singari bu asarda ham Iso hamda Pontiy Pilat munosabatlari va dialoglari ko'rsatib o'tilgan.

Asarning keyingi qismida esa Bo'ston va uning oilasi, o'lguday yomon ko'radigan qishloqdoshi Bozorboy haqida hikoya keltiriladi. Afsuski, Bo'ston hikoyasi ham ayanchli yakun topadi.

Shuningdek, mashhur gruzin Go'ram Jo'xadze hamda uning chekist raqibi Sandro haqidagi "Oltovlon va yettinchi" hikoyasi ham aynan ushbu romanda keltirilgan.

Kitob javonimda bu kitobga joy bormi? ✅ Chingiz Aytmatovning bu kitobi tez orada sifatli muqova va yangi dizayn bilan qayta nashr etilsa ajab emas. O'sha payt albatta sotib olib, kitob javonga qo'shamiz.

📚 Men oʻqigan boshqa kitoblarga taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/304)

👁 @BahodirMahmud

Iqtiboslar

Hozircha iqtiboslar yoʻq :(
Logo Logo © 2025 Mutolaa.uz