Bahodir Mahmudning "Pashshalar hukmdori" asariga taqrizi
#MenOʻqiganKitob
Uilyam Golding. Pashshalar hukmdori (1954)
⭐️ Shaxsiy ball: 8/10 📓 Goodreads: 3.7/5
Asar Goldingning ilk romani boʻlishiga qaramay tez orada butun dunyoda katta shuhrat qozondi.
Asar nomi Bibliyadagi Bilzebub nomli iblisning ismidan moslashtirilgan.
❗️ Diqqat! Spoyler boʻlishi mumkin.
Asar voqealari bir guruh britaniyalik oʻsmir va kichik yoshdagi bolalarning aviahalokat natijasida kimsasiz orolga tushib qolishi bilan boshlanadi.
Dastlab orolda tartib oʻrnatib kichik jamiyat qurishga erishgan bolalar, keyinchalik oʻzlarida salbiy xususiyatlarni namoyon qilib, qabila lar kabi yashash uslubiga oʻtib ketishadi.
Golding bu asari orqali insoniyatning asl yuziga oyna tutadi. Istalgan jamiyat uchun oliy insoniy maqsadlar emas, qorin dardi, oʻyin-kulgi, behuda vaqt oʻtkazish, hokimiyatga intilish birlamchi ekanligini koʻrsatib beradi.