"G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q"ga Bahodir Mahmuddan taqriz va iqtiboslar

G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q

Erix Mariya Remark

Reyting: 4.0

Baho: 1 ta Taqriz: 1 ta Iqtibos: 0 ta

Taqriz

16-aprel, 2025

#MenOʻqiganKitob

📖 Erix Mariya Remark. "Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq." (1929)

Urush haqidagi eng yaxshi asarlardan biri. Kitob muallif tomonidan sodda til bilan yozilgan. Urush voqealari aniq, tiniq, tasavvur qilishga oson tarzda tasvirlangan.

Asarni oʻqir ekansiz oʻzingizni goʻyo jang maydonida qahramonlar bilan birgalikda jang qilayotganday tasavvur qilasiz.

Kitobni oʻqib boʻlib umumiy bitta xulosaga keldim: asar raqib askarlarini emas, butun urushni qoralaydi. Hozirgacha urush haqida oʻqigan asarlarimning aksarida dushman tomon (nemislar) oddiy askaridan tortib, generallarigacha butunlay qoralanadi. Bu asarda esa aksi, hikoyachining raqib askari (rus)ga chin dili bilan achinayotgani roʻy-rost koʻrsatiladi.

☄️ Qiziqarli fakt: Asar shuningdek, "Esizgina yoshligim" nomi bilan ham tarjima qilingan. Darhaqiqat, asarni urush tufayli umri zavolga uchragan yigitlarning dardli hikoyasi deb aytish mumkin.

⭐️ Shaxsiy reyting: 7.5/10

📚 Men o'qigan boshqa kitoblarga kichik taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/304)

Iqtiboslar

Hozircha iqtiboslar yoʻq :(
Logo Logo © 2025 Mutolaa.uz