"Oq kema"ga Azimbek Xushmamatovdan taqriz va iqtiboslar

Oq kema

Chingiz Aytmatov

Reyting: 3.8

Baho: 17 ta Taqriz: 2 ta Iqtibos: 0 ta

Taqriz

14-noyabr, 2025

Katta yozuvchilar asarlarini o‘qir ekanmiz, albatta, bolalar tilidan yozilgan asarga ko‘zimiz tushadi. Masalan, G‘afur G‘ulomning "Shum bola" asariga adib "ijodining cho‘qqisi" deya qaralsa, Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asari yozuvchining sermahsul ijodida alohida ajralib turadi.

Bunday uslub asosan kattalar aytolmagan haqiqatlarni bolalar tili bilan bemalol ayta olish uchun ishlatiladi. Chunki kattalar qo‘rqqan baʼzi narsalardan bolalar umuman hayiqmaydi. Ikki asarni qiyosiy tahlil qilar ekanmiz, Qoravoy atrofida ham, Aytmatovning bolakayi atrofida ham deyarli ijobiy qahramonlarni ko‘rmaymiz (ijobiylar ham yakunda salbiyga aylanib ketadi). Ikki asarda ham atrofimizdagi olam juda chirkin ekani ko‘rsatiladi. Bolalar katta bo‘ladi va ushbu chirkin dunyoning bir qismiga aylanadi yoki Aytmatov qahramoniga o‘xshab...

Yana qirg‘iz adibining folklor bilan ishlash qobiliyatiga qoyil qolmay iloj yo‘q. Yozuvchi qaysidir tarixiy syujetni oladi, uni o‘zi yashab turgan dunyoga moslab qayta yozadi va buni yashirib ham o‘tirmaydi. U doim asarlarida mana shu tarixiy syujetni ham keltirib o‘tadiki, biri ikkinchisini to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Bu orada Borxesning "Bu dunyoda faqat 4 ta hikoya bor", degan fikri ham tasdiqlanadi.

Iqtiboslar

Hozircha iqtiboslar yoʻq :(
Logo Logo © 2025 Mutolaa.uz