Oq kema. Chingiz Aytmatov

Oq kema

Chingiz Aytmatov

Reyting: 3.8

Baholar: 18 ta Taqrizlar: 3 ta Iqtiboslar: 0 ta

Janr: qissa

Asl nomi
Birinchi chop etilgan yili
Tili

Taqrizlar

8-dekabr, 2025

📖 Chingiz Aytmatov. "Oq kema" (1970)

Yozuvchining boshqa qissalaridan farqli oʻlaroq, 7 yoshli ota-onasi tomonidan tashlab ketilgan, bobosi Moʻnin chol tomonidan katta qilinayotgan bola koʻzi bilan, ramziy ma'nolar va oʻta ta'sirli, kerak boʻlsa fojiaviy sahnalar bilan bezatilgan qissasi.

Asardagi har bir obrazning oʻz muammosi, oʻz dardi bor. 

Yozuvchi boshqa asarlari kabi bu qissada ham hiyonat mavzusiga toʻxtalib oʻtadi. Faqat bunisida tabiatga, urf-odatlarga boʻlgan hiyonat.

Rivoyatlarda aytilishicha, qirgʻiz millatining tirik qolib bugungi kungacha yetib kelishiga bosh-qosh boʻlgan Ona Bugʻu nafaqat tabiat timsoli, shuningdek qirgʻiz xalqinign oʻlmas urf-odatlari ramzi hamdir.

Bobosi tomondan muqaddas deya e'zozlangan Ona Bugʻuning aynan bobosi tomonidan soʻyilishi bola ongida tuzatib boʻlmas ulkan jarohat hosil qiladi. Uning boshini Oʻrozqul tomonidan parcha-parcha qilinishi esa bolaning orzu-umidlari, istaklarini parchalashga qiyoslanadi.

Oq kema - yozuvchining eng ogʻir psixologiyaga ega asarlaridan biri hisoblanadi.

14-noyabr, 2025

Katta yozuvchilar asarlarini o‘qir ekanmiz, albatta, bolalar tilidan yozilgan asarga ko‘zimiz tushadi. Masalan, G‘afur G‘ulomning "Shum bola" asariga adib "ijodining cho‘qqisi" deya qaralsa, Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asari yozuvchining sermahsul ijodida alohida ajralib turadi.

Bunday uslub asosan kattalar aytolmagan haqiqatlarni bolalar tili bilan bemalol ayta olish uchun ishlatiladi. Chunki kattalar qo‘rqqan baʼzi narsalardan bolalar umuman hayiqmaydi. Ikki asarni qiyosiy tahlil qilar ekanmiz, Qoravoy atrofida ham, Aytmatovning bolakayi atrofida ham deyarli ijobiy qahramonlarni ko‘rmaymiz (ijobiylar ham yakunda salbiyga aylanib ketadi). Ikki asarda ham atrofimizdagi olam juda chirkin ekani ko‘rsatiladi. Bolalar katta bo‘ladi va ushbu chirkin dunyoning bir qismiga aylanadi yoki Aytmatov qahramoniga o‘xshab...

Yana qirg‘iz adibining folklor bilan ishlash qobiliyatiga qoyil qolmay iloj yo‘q. Yozuvchi qaysidir tarixiy syujetni oladi, uni o‘zi yashab turgan dunyoga moslab qayta yozadi va buni yashirib ham o‘tirmaydi. U doim asarlarida mana shu tarixiy syujetni ham keltirib o‘tadiki, biri ikkinchisini to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Bu orada Borxesning "Bu dunyoda faqat 4 ta hikoya bor", degan fikri ham tasdiqlanadi.

Qissada Issiqkoʻl boʻyida yashovchi yetti yoshli yetim bola haqida hikoya qilinadi. 

Iqtiboslar

Logo Logo © 2025 Mutolaa.uz