✍#taqriz (Kanada adabiyoti)
📚 "Yuz" (hikoya)
👤 Elis Manro
Oilada farzand dunyoga kelishi bu katta quvonch va cheksiz baxtdir. Bo‘lajak otaning tug‘ruqxona eshigi oldida xushxabar kutayotgan paytdagi hayajonlari esa bu baxtning qadrini yana bir karra oshirishi ayni haqiqat…
FILOLOGIK TAHLIL
Bugun eʼtiboringizga kanadalik zamondosh yozuvchi, Nobel mukofoti sovrindori - Elis (Alis) Manroning "Yuz" hikoyasini taqdim etamiz. Hikoyaning boshlanish qismiyoq sizni oʻziga jalb etmay qoʻymaydi!
Elis Manro oddiy voqealar orqali chuqur masalalarni ochib berishda mohir yozuvchi. Uning hikoyasi sodda, lekin sermazmun so‘zlar bilan boyitilgan. Bu uslub hikoyaga jon bag‘ishlaydi va o‘quvchini chuqur o‘yga toldiradi.
BADIIY TAHLIL
Hikoya inson hayotidagi tashqi ko‘rinish va ichki dunyo o‘rtasidagi muvozanat haqida. Muallif bosh qahramonning yuzida tug‘ma dog‘ borligini tasvirlaydi. Bu dog‘ uning hayotiga, o‘zini anglashiga va boshqalar bilan munosabatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu orqali muallif tashqi ko‘rinish odamning hayotidagi cheklovlar yoki imkoniyatlar uchun qanday rol o‘ynashini ko‘rsatadi.
Hikoya qahramonning o‘zining "kamchiligini" qabul qilish va boshqalar bilan o‘zaro munosabatlarda bu holatni qanday yengib o‘tishga urinishi tasvirlangan. Yuzidagi dog‘ qahramonning o‘zini tanqidiy ko‘z bilan baholashiga sabab bo‘ladi. U doim jamiyatning o‘ziga bo‘lgan munosabatini his qiladi va bu uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi.
Hikoyada muhabbat va tan olinish masalasi ham yoritilgan. Qahramon boshqalar tomonidan sevilish va qabul qilinishni orzu qiladi. Ammo u asta-sekin bu ehtiyojning faqat tashqi qabul qilish emas, balki o‘zini anglash orqali yechilishini tushunadi.
XULOSA
Hikoya insonlarni tashqi ko‘rinishga qarab baholash qanchalik noto‘g‘ri ekanini eslatadi. Bu bilan muallif jamiyatdagi stereotiplarni tanqid qiladi. Chunki tashqi ko‘rinish, dog‘ yoki boshqa jismoniy xususiyatlar insonning ichki dunyosiga ta’sir qilishi kerak emas. Hikoya o‘quvchini boshqalarga mehribonlik va hamdardlik bilan qarashga chaqiradi.
📍 Albatta, oʻqib koʻring!
📜 Ingliz tilidan Mukarram Otamurodova tarjimasi
🗞 "Yoshlik" jurnali, 2014 - 3.
⏳ Mutolaaga 20 daqiqa ketdi.
📖 Pdf oʻqish uchun:
ziyouz.com
🎧 Audio eshitish uchun:
https://youtu.be/_hB5c9zMb4c?si=0CT_pOvYSDlkqPNL
©Booklover