Mantiqiy xato: To‘g‘ri fikrlash qo‘llanmasi. Bo Bennet

Mantiqiy xato: To‘g‘ri fikrlash qo‘llanmasi

Bo Bennet

Reyting: 0

Baholar: 0 ta Taqrizlar: 0 ta Iqtiboslar: 0 ta

Janr: Ilmiy-ommabop

Kitob haqida

Kitob mantiqiy mulohaza yuritishning asosiy tamoyillari bilan tanishtiradi. Unda kundalik hayotda, bahslarda koʻp uchraydigan xatolar va ularning turlari tahlil qilingan. Shu bilan birga, argumentlash boʻyicha misol va foydali tavsiyalar keltirilgan. Bu kitob samarali mulohaza yuritish boʻyicha tezkor va foydali qoʻllanma boʻlib, sizga vaziyatni siz istaganday emas, aslidek koʻrsatuvchi yoʻlga olib kiradi. Ushbu kitobda asosiy eʼtibor mantiqiy xato tushunchalarga qaratilgan, hayotda oddiy qabul qilinuvchi koʻp holatlar nima uchun xato ekani koʻrsatilib tavsiyalar ham keltirilgan. Oʻqigan sahifalaringiz soni ortishi bilan fikr yuritish va qaror qabul qilish uslubingizda sezilarli yaxshilanishga guvoh boʻlasiz. Mantiqiy xato – bu barcha original misollar va tushunarli tavsiflarga ega boʻlgan keng qamrovli mantiqiy xatolar toʻplami boʻlib, barcha kitobxonlarga yoqishi shubhasiz.
Asl nomi Logically Fallacious: The Ultimate Collection of Over 300 Logical Fallacies
Birinchi chop etilgan yili 2012
Tili Ingliz

Taqrizlar

Iqtiboslar

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz