Janr:
qissa
Kitob haqida
Nega inson o‘z tafakkuri mahsuli bo‘lgan, koriga yarashi kutilgan atom kuchidan foydalanishdan bu qadar qo‘rqib qoldi? Ilgarilab ketgan fan taraqqiyotiga avvalo kim tayyor turishi kerak – odamlarmi yoki hukumat?
“Vahima uyg‘otmaslik” maqsadida Chernobil fojiasi haqida ogohlantirilmagani tufayli hodisaning beayb qurboniga aylangan beloruslarning kechmishi butun insoniyat oldiga ana shu savollarni ko‘ndalang qo‘ydi.
Bu halokatdan so‘ng odamlar o‘z tarixi, bugunini taftish qilib ko‘rdi, natijada ko‘plab achchiq haqiqatlar yuzaga chiqdi. Chernobildagi atom stansiyasi portlashi nafaqat texnogen falokat, balki fuqarolarini tashqi dunyodan uzib, “tikan sim ichida” yashashga majbur qilgan ulkan saltanatning ham halokati ekani ayon bo‘ldi
Rus tilida ijod qiluvchi belorus yozuvchisi Svetlana Aleksiyevichning "Chernobil tavallosi" kitobi 1997 yilda nashr qilingan. Yozuvchi 2015 yilda "Ko‘p ovozli ijodi - davrimizning azob-uqubati va jasoratiga qo‘ygan yodgorligi uchun" degan taʼrif bilan adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Asl nomi |
Чернобыльская молитва |
Birinchi chop etilgan yili |
1997 |
Tili |
Rus |