Rabgʻuziy

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:

Rabgʻuziy (taxallusi; asl ism-sharifi Nosiriddin Burhoniddin oʻgʻli) (XIIasr oxiri - Xorazmning Rabotoʻgʻuz mavzei - XIV asr boshlari)-  turkiy shoir. Rabotoʻgʻuzda qozilik qilgan. Sharq xalqlari ogʻzaki ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar toʻgʻrisidagi qissalarni chuqur oʻrgangan. Oʻzi ham koʻpgina ibratli hikoyatlar, qissalar yozgan. Turkiy xalqlar adabiyoti tarixida birinchilardan boʻlib nasrda rivoyatlardan hikoyat, hikoyatlardan qissa yaratishni boshlab bergan. Bizgacha "Qisasi Rabgʻuziy" (1309-10) asarigina yetib kelgan. Rabg'uziyning bu asari oʻzbek adabiyotida badiiy nasr yodgorligining yetuk namunasi hamda XIII va XIV asrlar eski oʻzbek adabiy tilini oʻrganishda asosiy manba sifatida ahamiyat kasb etadi. Qissaning XV asrga oid qoʻlyozmasi Londondagi Britaniya muzeyida, XVI asrda koʻchirilgan nusxasi Sankt-Peterburgda, XIX asrda koʻchirilgan qoʻlyozma, shuningdek, bosma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. “Qissayi Rabguziy” o`zbek so`z sanatining ajoyib obidasi hisoblanadi. Unda anbiyolar-payg`ambarlar xayotidan xikoya qiluvchi qadimiy sharq qissa va afsonalarini qayta ishlab, manzarali lavxalar,jonli tasvirlar, xiyla pishiq his-hayojon,kechinmalarga boy obrazlar hosil etgan.Asarda etiqod va imonga sodiqlik,pok insoniy axloqning badnaflik,xirsiy xasad,qonxo`rlik va noxaqliklar ustidan bo`lgan galaba tasvirlangan.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Rabgʻuziy 0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz