Javoharlal Neru

image
0
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:

Javoharlal Neru (जवाहरलाल नेहरू, 1889. 14. 11, Ollohobod – 1964. 27. 5, Dehli) – Hindiston davlat, siyosiy va jamoat arbobi. Milliy ozodlik kurashida M. Gandining safdoshi, Hindiston Milliy Kongressi (HMK) rahbarlaridan biri. Mustamlaka davrida (1947 y. gacha) taʼqib qilingan. 10-yildan ortiq umri qamoqda oʻtgan. Tarixda “Yangi Hindiston bunyodkori” nomi bilan mashhur. Javoharlal Neru 1947-yil 15-avgustda Dehlidagi mashhur Nal Qalʼada Hindiston milliy mustaqillikni qoʻlga kiritganligini eʼlon qilgan. Hindiston Respublikasi bosh vaziri va tashki ishlar vaziri (1947-yildan). Javoharlal Neru rahbarligida Hindiston xalq xoʻjaligi, fan va madaniyatning rivojida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Neru Hindistonning tashqi siyosati asoslarini yaratdi, xalqaro chigal masalalarni hal etishda jonbozlik koʻrsatdi. Uning mustamlakachilik, irqchilikka qarshi izchil kurashi, yoppasiga qurollanishga chek qoʻyish, xalqlar oʻrtasida tenglik, doʻstlik, hamkorlik siyosati xalqaro maydonda Hindiston nufuzini oshirdi. Nerk qoʻshilmaslik siyosatini yaratdi. 1947-yilda harbiy bloklarga qoʻshilmagan mamlakat birgina Hindiston hisoblangan boʻlsa, hozir qoʻshilmaslik harakatida 120 dan ortiq Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Yevropa mamlakatlari ishtirok etmoqda. Javoharlal Neru 1955 va 1961-yilda qizi Indira Gandi bilan Oʻzbekistonga tashrif buyurib, oʻzbek xalqining turmushi, hayoti, tarixi bilan yaqindan tanishgan. Javoharlal Neru “Hindistonning kashf etilishi” asarida yurtdoshimiz Bobur va uning nabirasi Akbar haqida bunday deydi: “Bobur dilbar shaxs, Uygʻonish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam boʻlgan, u sanʼatni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi koʻrardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq boʻlib, koʻp yaxshi fazilatlarga ega boʻlgan”.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz