Gyunter Grass

Gyunter Grass

16.10.1927 13.04.2015

0.0 (0 ta baho)

Gyunter Grass (Günter Wilhelm Grass; 1927. 16. 10, Polsha, Dantsig (Gdansk) – 2015. 13. 4, Lyubek, Germaniya) – nemis yozuvchisi.
1956-yilda “Uchar tovuqlarning afzalligi” sheʼriy toʻplami nashr etilgan. “Tunuka nogʻora” (1959) romani mashhur. Unda nemis xalqining yaqin va olis tarixi, insoniyat oldidagi aybi va uni anglash haqida soʻz boradi. Gyunter bu romanini “Mushuk-sichqon” (1961) qissasi, “It yillari” (1963) romani bilan qoʻshib, 1974-yilda “Dantsig trilogiyasi” umumiy nomi ostida nashr ettirgan.
“Narkoz bilan etni oʻldirish” (1969) romani avlodlar munosabati haqida. “Qalqon baliq” (1977) romanida ayollar emansipatsiyasi borasidagi oʻz qarashlarini bayon qilgan. “Moda kalamush” (1986) romanida kuchayib borayotgan yadro urushi xavfiga munosabat bildirgan. “Bepoyon dala” (1995) romanida Germaniyaning qoʻshilishi mavzusi qalamga olingan.
Nobel mukofoti laureati (1999).

Kitoblar (0)

Hozircha kitoblar yo'q

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.