Gao Sintszyan

image
0
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:

Xitoylik yozuvchi, dramaturg, tarjimon, munaqqid Gao Sintszyan (高行健) 1940-yilning 4-yanvarida Shanxay yaqinidagi shaharchada tugʻilgan. Otasi – bank xodimi, onasi – aktrisa. 1962-yili Pekin chet tillar institutining fransuz boʻlimini tugatgan.
Badiiy ijodni ancha erta boshlagan, lekin Madaniy inqilob davrida qoʻlyozmalarini yoqib tashlashga majbur boʻlgan. Bu davrda koʻpchilik ziyolilar qatori qayta tarbiyalash uchun mehnat lagerlariga surgun qilingan. 1979-yilgacha kitob nashr qildirish, oʻz shahridan ruxsatsiz chiqib ketish huquqlaridan mahrum qilingan.
Den Syaopin hokimiyat tepasiga kelgach, pyesalari sahnaga qoʻyildi. Shu vaqtlarda uni “xitoylik Soljenitsin” deb atay boshlashdi. Biroq u Xitoy GULAGlari dahshatlarini yozmadi, chekka bir qishloqdagi kichkina odamning ogʻir hayotini tasvirladi. 1981-yili “Zamonaviy proza sanʼati haqida mulohazalar” kitobi chiqdi.
1982-yili Pekin teatrida “Xatar darakchisi” pyesasi sahnalashtirildi. “Avtobus bekati” pyesasi esa toʻgʻridan-toʻgʻri mafkuraviy zararli deb eʼlon qilindi. Xitoy hokimiyati Gao Sintszyanga toʻla erkinlik berib qoʻymadi, 80-yillarning oʻrtalarida yana taʼqibga uchradi, asarlarini, jumladan, eng yirigi – “Ruhlar togʻi”ni taqiqlab, oʻzini siyosiy qatagʻon domiga tortdi. Taʼqiblardan qochib togʻ-u toshda jon saqlab yurdi, oʻn oy davomida Yanszi daryosining sohillari boʻylab boshidan oxirigacha kezib chiqdi.
1987-yilda rasmiy Pekin Gao Sinszyanni quvgʻin qildi, ikki yildan keyin boʻlgan Tyananmen maydonidagi qirgʻinga munosabati tufayli uni Xitoy fuqaroligidan mahrum qildi. Adib Parijda qoʻnim topdi, keyinchalik Fransiya fuqaroligiga oʻtdi, erkin ijod qila boshladi. Asarlarining choʻqqisi “Moʻjizakor togʻlar” deb atalgan yirik romani hisoblanadi. 2000-yilda xitoylik adiblardan birinchi boʻlib Nobel mukofotiga sazovor deb topildi.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz