Elfrida Yelinek

image
0
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:

Elfrida Yelinek avstriyalik yozuvchi, zamonaviy nemis adabiyotining koʻzga koʻringan namoyandasi. Vena va Myunxen shaharlarida yashaydi va ijod qiladi. Otasi chex-yahudiylari avlodidan, kimyogar, ikkinchi jahon urushi davrida harbiy korxonada ishlagan. Onasi venalik taniqli oila farzandi. Boʻlajak adiba bolaligidan musiqiy tarbiya olgan. Vena konservatoriyasida oʻqigan. Vena universitetini “Teatr va sanʼat tarixi” ixtisosi boʻyicha tamomlab, musiqa bilan shugʻullanishda davom etgan. Yoshligidan adabiyotga qiziqqan. Avvaliga sheʼrlar bitgan, keyin universitetdagi ijtimoiy harakatlarda faol qatnashib, asarlarida hayot muammolarini mahorat bilan ifodalagan. “Sevishganlar” (1975 y.), “Inkor etilgan” (1980 y.), “Pianinochi ayol” (1983 y.), “Shahvat” (1989 y.), “Oʻliklarning bolalari” (1995 y.), “Ochkoʻzlik” (1999 y.). kabi romanlar, “Klara Sh” (1982 y.), “Hirs yoki ochiq yoʻl” (1986 y.), “Bulutlar. Uy” (1988 y.), “U oʻziga oʻxshamaydi” (2000 y.), “Alida” (2002 y.), “Oʻlim va qiz” (2003 y.) kabi dramalar muallifi. 1946-yilning 20-oktyabrida Avstriyaning Myurtsushlag shaharchasida tugʻilgan. 2004-yili Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. Adibaning asarlari jahonning koʻp tillariga tarjima qilingan, ular asosida kinofilmlar ishlangan, yigirmaga yaqin milliy va xalqaro adabiy mukofotlarga sazovor boʻlgan.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz