Doris Lessing

image
0
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:

Ingliz adibasi Doris Mey Teylor Lessing (Doris May Lessing) 1919-yilning 22-oktyabrida Erondagi Kirmon shahrida tugʻilgan. 1925-yili ota-onasi bilan Janubiy Rodeziya (hozirgi Zimbabve) ga koʻchib ketadi. Bu mamlakat oʻsha vaqtda Angliyaning mustamlakasi edi. Afrikaning eng chekka, qoloq oʻlkasida oʻtkazilgan bolalik keyinchalik adiba uchun bitmas-tuganmas ilhom manbai boʻldi. 1949-yili Doris Londonga koʻchib oʻtdi. 1950-yili Lessingning birinchi romani “Maysalar kuylaydi” bosildi. Bu asar T. S. Eliotning “Unumsiz yer” dostonidan ilhom olib yozilgan. Roman irqchilik davridagi Rodeziya jamiyatining oʻziga xos badiiy solnomasi sifatida olqishga sazovor boʻldi. Shundan soʻng adiba “Zoʻravonlik farzandlari” nomli asarlar turkumini yoza boshladi. Bu turkumga “Marta Kvest” (1952), “Munosib nikoh” (1954), “Poʻrtanadan keyingi mavj” (1958), “Quruqlik qurshovida” (1966), “Toʻrt darvozali shahar” (1969) romanlari kirgan. “Oltin kundalik” (1962) romani ham adibaga katta shuhrat keltirdi.

“Jahannam uchun yoʻriqnoma” (1971) va “Kunbotar oldidagi yoz” (1973) romanlari oʻquvchini inson qalbining teran nuqtalariga boshlab kiradi. “Kanopus Argosda” turkumi kelajak haqidagi majoziy asarlardan iborat. “Shikasta” (1979), “Uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi zonalar oʻrtasida nikoh” (1980), “Siriusdagi tajribalar” (1981), “Sakkizinchi sayyora uchun vakillar qoʻmitasini yaratish” (1982), “Voliyen imperiyasidagi sentimental agentlarga tegishli hujjatlar” (1983) romanlari kiradi.

Adibaning “Muloyim terrorchi” (1985) romani londonlik siyosatbozlar haqida hikoya qiladi. “Beshinchi farzand” (1988) rivojlanishning ibtidoiy darajasida turgan badbashara bola haqida. Yozuvchi sakkiz yillik tanaffusdan keyin 1996-yilda “Yana muhabbat”, 1999-yilda “Mara va Den” nomli futurologik romanlarini eʼlon qildi.

Doris Lessing “Yaxshi qoʻshni ayolning kundaligi” (1983) va “Qarilik uddalay olsa edi” (1984) romanlarini Jeyn Somers taxallusi ostida chop ettirdi. Lessingning hikoyalari, dramalari va publitsistik maqolalari ham mashhur. 1995-yilda Doris Lessing Garvard universiteti doktori unvoniga sazovor boʻldi. 1999-yili uning nomi Faxriy kavalerlar ordeniga munosib kishilar roʻyxatiga kiritildi. 2007-yili Doris Lessing Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz