"Nur borki, soya bor"ga Dilnozadan taqriz va iqtiboslar

Nur borki, soya bor

Oʻtkir Hoshimov

Reyting: 5.0

Baho: 8 ta Taqriz: 2 ta Iqtibos: 4 ta

Taqriz

19-noyabr, 2024

✍#taqriz

📚 "Nur borki, soya bor"
👤 Oʻtkir Hoshimov

 

"Tiriklik atalmish daryo oʻzanida hamma qatori birdek oqish kerakmi yoki aksincha, oqimga qarshi suzib, haqiqat uchun kurashish kerakmi?



FILOLOGIK TAHLIL

Oʻtkir Hoshimovning birinchi romani hisoblanmish "Nur borki, soya bor" asari 1973-75 yillarda yozilgan. 1977 yilda kitob holida nashrdan chiqqan.

Yozuvchining har bir asari oxiri kutilmagan yakun topishi bilan koʻp yozuvchilardan ajralib turadi. Bu asarning ham oxiri juda ayanchli tugashi kitobni oʻqishga va uni tezroq tugatishga majbur qiladi. 

Kitob sarlavhasi oʻquvchini eʼtiborini tortishi aniq. Nur borki, soya bor; yaxshi borki, yomon bor. Muallif bu bilan dunyo falsafasi va undagi nur hamda soya oʻrtasidagi azaliy kurash haqida asarning boshidan to oxirigacha bosh qahramon tilidan hikoya qiladi. Oʻzingiz mushohada qilib koʻring va qisqacha syujeti bilan ham tanishib keting.

BADIIY TAHLIL

Asarning bosh qahramoni yosh jurnalist va yozuvchi Sherzod. Romanda koʻpgina ikkinchi darajali qahramonlar ham qatnashgan. Jumladan, Sirojiddin, Abduvohid, Shoira, Zuhra... Ularning hayot tarzi hamda dunyoga boʻlgan qarashlarining turlicha ekanligi asarni alohida bezab turuvchi jihatlardan biri. Hech qaysi personaj bir-birini takrorlamaydigan alohida figuralar. Kitobxon ulardan koʻp narsalarni oʻrganishi mumkin. (Menga oʻxshab😉)

Bosh qahramon Sherzod ismli yigit asarni boshidan oxirigacha adolat bilan kurashib keladi, doimo haqparstlik, rostgoʻylik yoʻlini tanlaydi. Lekin bu dunyoda kimga ham haq gap yoqib tushadi deb oʻylaysiz. Hech kimga. 

Sherzod shu xislati bilan "oʻzining boshiga yetadi", boshqalar uning nurdek hayotiga soya soladi. Bechora doʻsti Abduvohid esa uning uchun oʻz hayoti bilan tovon toʻlaydi.

Asarning qisqacha mazmuni shulardan iborat. Albatta, uni toʻliq oʻqisangiz batafsilroq maʼlumotga ega boʻlasiz. Baribir taqriz yozib butun boshli asar mazmuni, uning mohiyatini yetkazib berish birmuncha qiyinlik qiladi.

©Booklover

Iqtiboslar

19-noyabr, 2024
✍#iqtibos • Bu dunyoda yo zaring boʻlsin, yo zoʻring boʻlsin. • Tobelik bor joyda ijod oʻladi. • Qiz bolaning qalbi toshdan qattiq, guldan nozik boʻladi. • Hayot murakkabmas, odamlarning oʻzi uni chigallashtirib yuborishadi.
19-noyabr, 2024
✍#iqtibos • Tashvish har doim qoʻshaloq boʻlib yuradi. • Tanasini davolaysiz, ruhini oʻldirasiz. (doktorlarga nisbatan) • Narxi arzonlashgan muhabbat! • Birinchi taassurot uzoq esda qoladi-yu, ammo koʻpincha xato boʻladi. • Yomon shifokorning qotildan fa
19-noyabr, 2024
✍#iqtibos • Tashvish har doim qoʻshaloq boʻlib yuradi. • Tanasini davolaysiz, ruhini oʻldirasiz. (doktorlarga nisbatan) • Narxi arzonlashgan muhabbat! • Birinchi taassurot uzoq esda qoladi-yu, ammo koʻpincha xato boʻladi. • Yomon shifokorning qotildan fa
Logo Logo © 2025 Mutolaa.uz