Yovvoyi yo'rg'a yana, yana yuqorilab, ana, tik qoyaga ko'tariladi. Qoyadan pastga — havoga sakradi, ikki yuz futcha uchib yurdi, yana, yana pastlab... toshga borib tushdi. U jonsiz sulayib qoldi, ammo... ozod bo'lib qoldi!
“We need not to be let alone. We need to be really bothered once in a while. How long is it since you were really bothered? About something important, about something real?”
— Gap shundaki, hali sen yuraging bilan gaplashib olishga ulgurmagansan. — Axir, men shamolga aylana olmayman-ku! — Kimki O‘z Taqdiri yo‘lidan borayotgan ekan, u hamma narsani biladi va uddalay oladi.
Mevali daraxt o’ziga ishongani uchun yonida yangi nihol o’sib chiqsa, quvonadi. To’nka o’ziga ishonmagani uchun niholga g’ashlik qiladi. Biroq u xohlaydimi-yo’qmi, nihol o’saveradi!
– Qani endi, yulduzlarning nega charaqlashini bilsam, – dedi u o‘ychan ohangda. – Chamasi, ular, ertami kechmi har kim o‘z yulduzini topib olishi uchun charaqlab turishi kerak.
— Uni nega o‘ldirishmoqchi? — Mustaqil fikri borligi uchun. — Buning nimasi faxrli? Hademay o‘sha fikrlari ham o‘zi bilan birga o‘ladi. — Adashyapsan... Ezgu fikr — yuqumchil, o‘zgalar ongiga ko‘chib yashayveradi, bolalayveradi, ko‘payaveradi.