Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz. Shahodat Ulug'

Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz

Shahodat Ulug'

Reyting: 0

Baholar: 0 ta Taqrizlar: 0 ta Iqtiboslar: 0 ta

Janr: tarixiy

Kitob haqida

Necha mingyillik urush - mo‘g‘ullar istibdodiga qarshi ozodlik hurlik harakati Jaloliddin Manguberdining bemisl jasorati bilan yakun topgan emas. Tarix qatida yashirin sirlar shu qadar ko‘pki, vaqti kelib Manguberdining jiyani - mamlukiy Misr taxtini egallagan Mahmud ibn Mamdud Sayfiddin Qutuz 1260 yili Ayn Jolut yonidagi jangda mo‘g‘ul lashkarini tamom yer tishlatib, ularning Islom yurtlariga bundan keyingi yurishlariga amalda barham berdi. Chingizxon bosqini sabab uzoq ellarda darbadar, qul bo‘lib, keyinchalik shohlik taxtigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan xonzoda Sayfiddin Qutuz haqidagi asar o‘tmishning qop-qora, sertalotum, dolg‘ali kunlaridan hikoya qiladi. Misr taxtida to‘liq bir yil ham o‘tirmasdan butun arab o‘lkalarini mo‘g‘ul istibdodidan saqlab qolgan hukmdorning bu yurtlarda afsonaviy xaloskor deya hamon madx etilishi bejiz emas. Garchi tug‘ilib o‘sgan zaminidan olisda yurt tuzish, el boshqarish taqdir yozug‘iga bitilgan bo‘lsa-da, tog‘asi Jaloliddinning izdoshiga aylandi, u kabi jang maydonlarida umri o‘tdi. Ozodlik, xalqlarga tinchlik, birodarlik ota-bobolarimizning asrlar bo‘yi dastak-suyanchi, hayotiy aʼmoli bo‘lgani, ajdodlarimizning shonli, biroq o‘ta achchiq taqdirni yashab o‘tgani qo‘lingizdagi kitobda batafsil bayon qilingan.
Asl nomi Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz
Birinchi chop etilgan yili 2022
Tili O’zbek

Taqrizlar

Iqtiboslar

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz