Kodeks 632
Kitob tavsifi
Portugal adibi Joze Rodrigesh dush Santushning ushbu intellektual trilleri kitobxonni tarixning eng katta sirlaridan biri – Xristofor Kolumbning asl qiyofasi va maqsadi bilan yuzlashtiradi. Mashhur tarixchi-professor va kriptoanalitik Tomash Noronya kutilmaganda sirli ravishda vafot etgan amerikalik hamkasbining chala qolgan tadqiqotini yakunlash uchun yollanadi. Tadqiqot jarayonida u shifrlangan maktublar va qadimiy hujjatlarni o‘rganib, Kolumb aslida genuyalik oddiy to‘quvchi emas, balki Ispaniya qirolligini chalg‘itish va dunyo xaritasini qayta chizish uchun yuborilgan portugaliyalik zodagon va maxfiy agent bo‘lishi mumkinligi haqidagi daxshatli farazga keladi. Bu asar o‘quvchini sirli belgilar va qadimiy arxivlar ichra xavfli sarguzashtga chorlaydi.
Kitob haqida
- Asl nomi
- O Códice 632
-
Tili
Asar yozilgan til
- Portugal
- Ilk nashr yili
- 2005
- O‘zbek tilida nashr etilgan yili
- 2026