Bobo So‘z izidan

Bobo So‘z izidan

Eshqobil Shukur

3.8 (4 ta baho)
Baholang:
11 kishi oʻqimoqchi 2 kishi oʻqiyapti 2 kishi oʻqib boʻlgan
Janr:

Kitob tavsifi

Bir kecha-kunduzda nechta so‘z ishlatamiz? Shu so‘zlarimizning har birining asl mazmunini bilamizmi? Agar ishlatayotgan so‘zlarimiz ma’nosini to‘liq anglaganimizda edi, naqadar o‘zimizni, o‘zligimizni anglagan, tilga – elga – bizni ulg‘aytgan shu zaminga sadoqatimiz, mehrimiz yanada ortgan bo‘lur edi. Zotan, So‘zdan uzoqlashgan odam o‘zidan uzoqlashadi. O‘zidan olislab ketayotgan odamning ma’naviyati ham, o‘zi ham zavolga moyildir. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Eshqobil Shukurning qo‘lingizdagi "Bobo So‘z izidan" kitobi bevosita so‘zga, so‘zki, xalqimiz tarixiga tomirdosh bo‘lgan, turkiy tillar oilasida xazinasi, jozibasi, rangu harorati, qo‘yingki, sharafi baland asl o‘zbek so‘zlariga bo‘lgan katta muhabbati tufayli, ularni asrab qolishdek ezgu niyat samarasi o‘laroq maydonga keldi. Hayot ummonida suzib borayotgan Til kemasining har bir yo‘lovchisi shu ulug‘ ulov taqdiriga javobgar. Shu ma’noda, "Bobo So‘z izidan" kitobi ma’naviy hayotimiz uchun bugun eng dolzarb asarlardan bittasi, desak, mubolag‘a emas. Shoirning so‘zlar tarixiga qilgan sayohatida unga yo‘ldosh bo‘lish sizga ham nasib etadi degan umiddamiz.

Kitob haqida

Tili
Asar yozilgan til
Oʻzbek
Ilk nashr sanasi
2018

Statistika

3.8
O‘rtacha baho
4
Baholar

Baholar taqsimoti

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Telegram Help