Kitob tavsifi
"Abadiyat qonuni" - gruzin yozuvchisi Nodar Dumbadze tomonidan yozilgan roman. Roman qahramoni yozuvchi Bachana Ramishvili yurak xurujidan so‘ng kasalxonaga tushadi. Kasalxonada u butun hayotini birma bir eslaydi va abadiyat qonunini kashf etadi. Romanda insonning hayotdagi oʻrni, undan talab etiladigan fidoyilik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik xususiyatlari toʻgʻrisida keng mushohada yuritilgan. Adibning aksariyat asarlaridagi voqea, hodisalar insonlar taqdiri oʻzining oʻtkir dramatizmi bilan birga samimiy yumori bilan ham oʻquvchi yodida uzoq saqlanib qoladi. Ushbu asarda ham voqealar keskin rivojlanadi. Bosh qahramon Bachana Ramishvili haqiqiy maʼnodagi sodda va samimiy yozuvchi obrazida tasvirlangan. U taʼmagirlarni va poraxoʻrlarni yomon koʻradi. Asarda mehr-oqibat, muhabbat, nafrat, shodlik, hayo va or-nomus tushunchalari uygʻunlashtirilgan
Kitob haqida
- Asl nomi
- მარადისობის კანონი
-
Til
Asar yozilgan til
- Gruzin
- Nashr yili
- 1978
Statistika
Baholar taqsimoti
Hozircha sharhlar yo'q
Birinchi bo'lib sharh qoldiring
Hozircha iqtiboslar yo'q
Birinchi bo'lib iqtibos qo'shing